Yangiliklar va oʻzgarishlar tarixi

Har bir Ofisbop versiyasida nima oʻzgargani.

Ofisbop 1.0.26

  • Faylni ochganda (Word, Excel, PowerPoint, PDF) endi toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat ochiladi — oldin bosh sahifa chiqib turmaydi
  • Dastur ochilganda eski menyu bir lahza koʻrinib, keyin yangisiga almashmaydi — darhol tayyor interfeys chiqadi (Windows, Android va veb)

Ofisbop 1.0.25

  • «Yangi alifbo» endi alohida boʻlim: matnni yangi alifboga va qaytarib oʻgirish, Ö, Ğ, Ş, Ç harflarini bir bosishda qoʻyish va «Sinab koʻrish» oynasi — natija yozayotganingizda koʻrinadi
  • «Ulashish» tugmasi sarlavhada: havola muddatini (1, 7 yoki 30 kun) va parolni tanlaysiz, havola bir bosishda nusxalanadi
  • Tugmalar belgilari yangilandi: kichik ekranda ham aniq; tugma ustiga kelganda qisqa tugmasi bilan maslahat chiqadi
  • Windows'da dastur belgisi vazifalar paneli, Start menyu va fayllar yonida tiniq koʻrinadi; Android'da mavzuli belgi toʻgʻri chiqadi

Ofisbop 1.0.24

  • Yangi oʻzbek alifbosi: «Lotin → Yangi» tugmasi matnni bir bosishda yangi alifboga oʻgiradi (oʻ → ö, gʻ → ğ, sh → ş, ch → ç), «Yangi → Lotin» — qaytaradi. Internetsiz ishlaydi: Hujjat, Jadval va Taqdimotda, telefonda ham
  • Taqdimotda ham lotin ↔ kirill oʻgirish: matn, jadval va eslatmalar
  • Imlo tekshiruvi yangi alifbodagi soʻzlarni taniydi
  • Veb versiyada til soʻralmaydi: brauzer yoki qurilma tilidan oʻzi aniqlanadi

Ofisbop 1.0.23

  • Telefonda fayl avval koʻrish rejimida ochiladi: mazmun butun ekranni egallaydi. Tahrirlash uchun ✎ tugmasini bosing, panelni ✓ yoki «Orqaga» bilan yoping
  • PDF va taqdimotda barmoq bilan chapga-oʻngga surib yoki ekran chetiga bosib sahifa almashtiriladi, sahifa raqami doim koʻrinadi
  • Kuchsiz va eski qurilmalarda dastur yengilroq va tezroq ishlaydi: hujjatga yozganda va jadvalni surganda qotmaydi
  • Formulalar yoʻriqnomasi: har bir funksiya uchun aniq misol; qisqa tugmalar roʻyxati va kirill klaviaturasida ham ishlaydigan tugmalar

Ofisbop 1.0.22

  • Telegram va boshqa ilovalarda hujjatni «Ochish» bosilganda Ofisbop roʻyxatda chiqadi: Word, Excel, PowerPoint, PDF, CSV va boshqa fayllar fayl turidan qatʼi nazar Ofisbop bilan ochiladi

Ofisbop 1.0.21

  • Havola orqali ulashish: hujjat, jadval, taqdimot yoki PDF'ni ofisbop.uz/s/… havolasi bilan yuborish mumkin (1, 7 yoki 30 kunga, xohlasangiz parol bilan); havolani bosgan odamda fayl Ofisbop'da ochiladi
  • Chop etishda tanlangan sahifalar (masalan 1, 3 yoki 2-5) aynan koʻrsatilgandek chiqadi
  • PDF «Bittalab» rejimida ochilganda birinchi sahifa koʻrinmay qolmaydi

Ofisbop 1.0.20

  • Telefonda barmoq bilan surish ekranning istalgan joyidan ishlaydi: bosh sahifa, kattalashtirilgan taqdimot va jadvalning qator raqamlari ustidan ham; jadvalda qator chegarasi tasodifan sudralib, ilova qotmaydi
  • Play Market'dan oʻrnatilgan ilovada yangi versiya chiqqanda ilovaga kirganda va unga qaytganda yangilash oynasi chiqadi
  • Xavfsizlik: begona hujjatdagi havola, rang yoki shrift nomi orqali kod ishga tushirib boʻlmaydi; boshqa ilova Ofisbop'ning shaxsiy fayllarini oʻqita olmaydi
  • Saqlash ishonchli: disk toʻlsa yoki xotira kartasi uzilsa ham eski fayl butun qoladi; ochilmagan fayl oʻchib ketmaydi
  • Parolli PDF sahifalar bilan ishlangandan keyin ham parol bilan saqlanadi
  • PowerPoint faylida Ofisbop saqlay olmaydigan qismlar (SmartArt, izohlar va h.k.) boʻlsa, ustidan yozishdan oldin soʻraladi
  • Juda katta hajmga yoyiladigan (zip-bomba) fayllar ochilmaydi; dasturni yiqitgan faylni qayta ochishdan oldin soʻraladi
  • PDF'ni boʻlganda bor fayllar ustidan yozilmaydi; «Qaytarish» oxirgi yozilgan matnni yoʻqotmaydi
  • Bir hujjat ikki oynada ochilsa, ogohlantiriladi va biri ikkinchisining ustidan yozmaydi
  • Excel fayllarini oʻqish kutubxonasi yangilandi (xavfsizlik tuzatishlari); fayl menejerlaridan koʻproq turdagi fayllar ochiladi
  • Chop etish ekrandagidek: hujjat ekranda qanday sahifalarga boʻlingan boʻlsa, qogʻozga ham shunday chiqadi; jadval qatorlari va koʻp qatorli kataklar ikki sahifaga boʻlinib ketmaydi; Android PDF hujjat qogʻozi oʻlchamida
  • Telefonda tezroq: Excel fayli fonda oʻqiladi, katta hujjat ochilganda va yozilganda qotmaydi
  • Jadval formulalari aniqroq: aylanma havola #CIRC! koʻrsatiladi, boshqa varaqdagi diapazonlar, uzun formula zanjirlari va CSV toʻgʻri ishlaydi

Ofisbop 1.0.19

  • Telefonda PDF tez va silliq varaqlanadi: sahifalar navbat bilan chiziladi, barmoq bilan surish endi qotmaydi; «Sahifalarni boshqarish» oynasi katta fayllarda ham tez ishlaydi
  • Telefonda Hujjat, Jadval va Taqdimotda barmoq bilan surish yengillashdi; katta jadvalda diagramma va formatlash qotirmaydi; taqdimot ochilayotganda tugma bosilsa xato chiqmaydi

Ofisbop 1.0.18

  • Android: ofisbop.uz dan oʻrnatilgan ilova endi «Nomaʼlum ilovalarni oʻrnatish» ruxsatini soʻramaydi; yangi versiya chiqqanda yuklab olish havolasi brauzerda ochiladi
  • Telefonda PDF: qidiruv panelida «Barcha natijalar roʻyxati» tugmasi; matnni tanib olish (OCR) taklifi va tugmalar telefon ekraniga sigʻadi; «Orqaga» tugmasi avval ochiq oynani yopadi

Ofisbop 1.0.17

  • Ofisbop endi deyarli barcha ofis fayllarini ochadi, tahrirlaydi va saqlaydi: Excel andozalari (.xltx, .xltm, .xlt), makrosli jadvallar (.xlsm), ikkilik jadval (.xlsb), OpenDocument (.ods, .odt, .odp), DBF, Excel va Word 2003 XML, bank/1C eksportlari
  • Hujjat: RTF fayllarni ochish va RTF qilib saqlash; Word andozalari (.dotx, .dotm, .dot) va makrosli hujjatlar (.docm)
  • Taqdimot: PowerPoint andozalari (.potx, .potm, .pot), makrosli taqdimotlar (.pptm) va namoyish fayllari (.ppsx, .pps) — namoyish fayli darhol namoyish rejimida ochiladi
  • Andoza ochilsa — undan yangi fayl yaratiladi, andozaning oʻzi oʻzgarmaydi; «Andoza sifatida saqlash» ham bor
  • Makrosli fayllar: makroslar ishga tushirilmaydi, lekin saqlaganda oʻchirib ham yuborilmaydi
  • Jadvallar Excelʼdagidek koʻrinadi: ustun kengligi, juda past qatorlar, kompyuterda yoʻq shriftlar, boʻyalgan kataklar, birlashgan sarlavhalar chegaralari, varaq himoyasi
  • CSV: Windows-1252 va UTF-16 kodlashlari ham avtomatik aniqlanadi
  • Fayl ochilmasa (parolli, buzilgan yoki nomaʼlum tur) — nima qilish kerakligi oddiy tilda aytiladi
  • PDF: qidiruv natijalari yon panelda roʻyxat boʻlib chiqadi (sahifa va parcha bilan); 500+ sahifali fayllar ham tez ochiladi
  • PDF: muhrlar («TASDIQLANDI», «NUSXA TOʻGʻRI» va boshqalar, sana bilan), oq boʻyoq, sahifa raqami, kolontitul, Bates raqamlash va suv belgisi
  • PDF: yangi «Himoya» boʻlimi — AES-256 parol va ruxsatlar (chop etish, nusxalash, oʻzgartirish), maxfiy joyni butunlay oʻchirish (shunchaki qora boʻyash emas) va ulashishdan oldin yashirin maʼlumotlarni tekshirish
  • PDF: formani yassilash, forma qiymatlarini CSV ga olish; XFA formalar haqida tushunarli xabar
  • PDF: skaner qilingan sahifalardagi matnni tanib olish (OCR) — oʻzbek (lotin va kirill), rus, ingliz; sahifa oʻzgarmaydi, lekin matnni qidirish, nusxalash va Word/Excelʼga oʻtkazish mumkin boʻladi. Til paketlari birinchi marta bir martagina yuklanadi, keyin internetsiz ishlaydi
  • PDF: jadvallarni Excelʼga olish — sonlar hisoblanadigan son, sanalar sana boʻlib qoladi, bir necha sahifadagi jadval bitta boʻlib qoʻshiladi
  • PDF: ikki versiyani solishtirish — nima qoʻshilgan (yashil) va nima olib tashlangan (qizil), farqlar roʻyxati va hisobot
  • PDF: mundarijani (xatchoʻplarni) tahrirlash va sarlavhalardan avtomatik yaratish; toʻldiriladigan forma yaratish (matn, belgilash katagi, sana); koʻp faylni birdan siqish, parol qoʻyish, matnini tanib olish yoki tozalash; tezkor tugmalar roʻyxati (F1)
  • Android va Macʼda Word va Excel fayllari Windowsʼdagidek koʻrinadi: Calibri, Arial, Times New Roman oʻrniga xuddi shu oʻlchamdagi erkin shriftlar dastur ichida
  • Chop etish: A4 qogʻoz printerga aniq A4 boʻlib beriladi (baʼzi printerlar, masalan EPSON, sahifani kichraytirib yoki pastini kesib chiqarardi); yangi «Chetlari kesilmasin» belgisi — taqdimot va PDF sahifalari qogʻoz chetidan 5 mm ichkarida; PDFʼdagi har xil oʻlcham va yoʻnalishdagi sahifalar har biri oʻz qogʻoziga

Ofisbop 1.0.16

  • Taqdimot: 60 dan ortiq tayyor shakl (strelka, yulduz, blok-sxema), shakllarni chiziq bilan bogʻlash; bir nechta narsani birga tanlash, guruhlash, burish va bir tekis joylash
  • Taqdimot: slayddan slaydga chiroyli oʻtish va matn yoki rasmning birin-ketin chiqishi (animatsiya); PowerPoint fayllarida ham saqlanadi
  • Taqdimot: maʼruzachi rejimi — siz oʻz ekraningizda eslatmalar, keyingi slayd va vaqtni koʻrasiz, tomoshabinlar esa faqat slaydni; namoyishda qalam va lazer koʻrsatkich
  • Taqdimot: hamma slaydlarni bir joyda koʻrib, sudrab tartiblash; slaydlarni boʻlimlarga ajratish; logotipni hamma slaydga birdaniga qoʻyish; slayd raqami va sana
  • Taqdimot: 14 ta mavzu va oʻz mavzuingizni yasash; yangi shablonlar — «Bitiruv ishi himoyasi» va «Biznes reja»
  • Taqdimot: diagramma va jadval qoʻshish, rasmni kesish va yorqinligini oʻzgartirish, video va ovoz qoʻyish; slaydni rasm (PNG) qilib saqlash, eslatmali va tarqatma varaqlarni chop etish
  • Telefonda Taqdimot: yangi buyruqlar pastki panelda, namoyish va maʼruzachi oynasi telefon ekraniga mos
  • Bosh sahifada PDF uchun alohida katta tugma: imzolash, birlashtirish, Wordʼga aylantirish, rasmdan PDF
  • Android: ofisbop.uz dan oʻrnatilgan ilova yangi versiyani oʻzi yuklab oladi

Ofisbop 1.0.15

  • Hujjat: sharhlar va tuzatishlarni kuzatish (kim, qachon, nimani oʻzgartirgani; qabul qilish yoki rad etish) — Word fayllaridagi sharh va tuzatishlar endi yoʻqolmaydi
  • Hujjat: sahifa ostidagi va hujjat oxiridagi izohlar, avtomatik mundarija, rasm va jadval nomlari raqami bilan (1-rasm, 2-jadval), navigatsiya paneli
  • Hujjat: kolontitulni tahrirlash — sahifa raqami va jami sahifalar («Sahifa 1 / 10»), sana, birinchi sahifa boshqacha; paragraf sozlamalari oynasi va koʻp darajali raqamlash (1. 1.1. 1.1.1.)
  • Hujjat jadvallari: kataklarni birlashtirish va ajratish, ustun kengligini sichqoncha bilan oʻzgartirish, saralash, yigʻindi formulasi; rasmni matn bilan oʻrash va oʻlchamini sudrab oʻzgartirish
  • Ommaviy xat: Excel yoki CSV roʻyxatidan har bir kishi uchun alohida xat (ism, summa...) — hammasi bitta hujjatda
  • Rasmiy hujjat shablonlari: buyruq, xizmat xati, ishonchnoma, tushuntirish xati, maʼlumotnoma
  • Katta hujjatlar tezroq ishlaydi; Sarlavha 4–6, butun soʻz boʻyicha qidirish, formatsiz qoʻyish (Ctrl+Shift+V)
  • Jadval: formulalar mexanizmi yangilandi — 425 funksiya, dinamik massivlar, nomlar; formula yozishda funksiya taklifi va argumentlar koʻrsatmasi
  • Jadval: yigʻma jadval, koʻp darajali saralash, shartli filtr, maxsus qoʻyish, butun kitobda topish, varaq himoyasi
  • Jadval: shartli formatlash, maʼlumotlarni tekshirish, son formati oynasi, chop etish sozlamalari; Excel diagrammalari ochiladi va saqlanadi, yangi diagramma turlari
  • Jadval: katta jadvallar tez ochiladi (50 000 qator — bir necha soniyada); telefonda yangi buyruqlar pastki panelda
  • Telefonda Hujjat: ikki barmoq bilan 25–400% kattalashtirish, sahifa ekran kengligida, oʻqish rejimi, belgilangan matn ustida kichik panel, kamerada rasm, PDF qilib yuborish, sharhlar va tuzatishlar telefonda; Taqdimot: 400% gacha kattalashtirish, ikki marta bosish
  • Telefon va planshetda tugmalar barmoq uchun kattaroq; Jadvalda kattalashtirilganda ustun harflari va qator raqamlari koʻrinib turadi
  • macOS uchun versiya (Apple Silicon va Intel) — ofisbop.uz dan yuklab olinadi

Ofisbop 1.0.14

  • PDF: ruscha va inglizcha interfeysda baʼzi tugmalar notoʻgʻri tarjima qilingan edi (imzo oynasidagi «Joylashtirish», sahifani burish, qidirish, telefonda «Bekor qilish») — tuzatildi
  • PDF siqishning «Oʻrtacha» darajasi skanerlangan hujjatlarni ham kichraytiradi
  • PDF ichidagi izoh belgilari toʻgʻri koʻrinadi

Ofisbop 1.0.13

  • Yangi PDF koʻruvchi: eskizlar va mundarija, matndan qidirish (oʻ/gʻ va kirill bilan ham), tungi rejim, bittalab varaqlash; katta fayllar tez ochiladi
  • PDF ustida ishlash: marker, tagiga va ustidan chizish, izoh, qalam, matn; forma toʻldirish va imzo qoʻyish (chizish, yozish yoki rasmdan), muhr rasmi, sana, ✓ va ✗
  • PDF sahifalari: tartiblash, burish, oʻchirish, boʻsh sahifa qoʻshish, birlashtirish, ajratib olish va boʻlish; PDF siqish, rasmlardan PDF, sahifalarni JPG/PNG qilish, Wordʼga aylantirish
  • Parol bilan himoyalangan PDFʼni ochish; elektron raqamli imzo (ERI) qoʻyilgan faylni oʻzgartirishdan oldin ogohlantirish; chop etishda izoh va imzolar sahifada chiqadi
  • Bosh sahifada PDF boʻlimi: ochish, imzolash, birlashtirish, rasmlardan PDF; yangi oʻrnatuvchi .pdf fayllarni Ofisbop bilan ochishni ham taklif qiladi
  • Telefonda PDF: ikki barmoq bilan masshtab, surishdan keyin sahifa joyida qoladi

Ofisbop 1.0.12

  • Keyingi yangilanishlar ancha kichik: faqat oʻzgargan fayllar yuklanadi (odatda bir necha yuz KB, avvalgidek ~110 MB emas) va dastur qayta oʻrnatilmaydi — bir necha soniyada yangi versiyada qayta ochiladi
  • Yangilanish oynasida yuklanadigan haqiqiy hajm koʻrsatiladi
  • Yangi versiya ochilmay qolsa, dastur oʻzi avvalgi versiyaga qaytadi
  • Koʻchma (portable) versiya ham kichik yangilanishlarni oʻzi oʻrnata oladi
  • Telefon va planshetda barmoq bilan boshqarish: ikki barmoq bilan masshtab, jadvalda tanlov tutqichlari va uzoq bosish menyusi, taqdimotda surib slayd almashtirish, Android "Orqaga" tugmasi ilovani darhol yopmaydi

Ofisbop 1.0.11

  • Dastur endi uch tilda: oʻzbekcha, ruscha va inglizcha — birinchi ochilganda til soʻraladi, keyin «Dastur haqida» oynasida yoki bosh sahifadagi til tugmasi orqali oʻzgartiriladi
  • Barcha oynalar, menyular, maslahatlar, xabarlar, chop etish va yangilanish oynalari tanlangan tilda; shablonlar ham shu tilda yaratiladi
  • Imlo tekshiruvi, oʻ/gʻ ni toʻgʻrilash va lotin ↔ kirill oʻgirish istalgan interfeys tilida oʻzbekcha matn uchun ishlaydi

Ofisbop 1.0.10

  • Chop etish aniqroq: hujjat, jadval va taqdimot printerga toʻgʻridan-toʻgʻri (rasm emas, aniq matn) yuboriladi, sahifalar dasturdagidek boʻlinadi
  • Qogʻoz oʻlchami printerga nomi bilan beriladi (A4, A5, A3, Letter) — sahifa kichrayib yoki kesilib chiqmaydi
  • Kitobcha va varaqqa 2/4 sahifa: chop etishda ortiqcha aylantirish chiziqlari chiqmaydi
  • Yangilanish oʻrnatilmay qolish xatosi («spawn UNKNOWN») tuzatildi: oʻrnatuvchi boshqa usulda ishga tushiriladi, kerak boʻlsa Windows ruxsat soʻraydi

Ofisbop 1.0.9

  • Yangi, soddaroq koʻrinish: oq va tinch asboblar paneli, har oynada bitta asosiy tugma — «Saqlash»
  • Fayl nomi yonida formati (.docx/.xlsx/.pptx) va saqlanganlik belgisi: yashil — saqlandi
  • Bosh sahifa: toʻrtta katta tugma (Hujjat, Jadval, Taqdimot, Faylni ochish), soʻnggi fayllar qidiruv bilan
  • Har bir muharrir yuqorisida «Chop etish» tugmasi; «Fayl» menyusida barcha saqlash formatlari bir joyda
  • PDF: «Wordʼga aylantirish» endi asboblar qatorida, boshqa tugmalar bilan bir xil
  • Tor oynada asboblar yashirinmaydi: avval faqat belgilar, keyin ‹ › bilan suriladi
  • Holat qatoridagi «Oʻzbek (lotin)» bosilsa — bir bosishda kirillga oʻgirish

Ofisbop 1.0.8

  • Imlo tekshiruvi endi internetsiz ishlaydi: oʻzimizning oʻzbekcha lugʻat (140 mingdan ortiq soʻz va oʻzak, qoʻshimchalar bilan) va tuzatish takliflari; lugʻat yangilanishlari ofisbop.uz dan oʻzi yuklanadi
  • Yozayotganda oʻ, gʻ va tutuq belgisi oʻzi toʻgʻrilanadi: O'zbek → Oʻzbek, ta'lim → taʼlim; «Oʻ, gʻ ni toʻgʻrilash» tugmasi butun hujjatni tuzatadi; qidiruvda apostrof farqlanmaydi
  • Dastur matnlari rasmiy yozuvda: oʻ, gʻ va tutuq belgisi
  • Yangilanishlar: birinchi ochilganda avtomatik yangilanishga ruxsat soʻraladi; tanlovni «Dastur haqida» oynasida oʻzgartirish mumkin
  • PDF: parolli PDF ham chop etiladi, katta PDF tez va xotirani toʻldirmasdan ochiladi, matnni belgilab nusxa olish, Ctrl+P / Ctrl+S / masshtab tugmalari
  • Chop etish: jadvalning hamma varaqlarini chop etish, keng jadval sahifa kengligiga toʻliq moslanadi, slaydlar varaqqa 2/4 ta toʻgʻri joylanadi, kichik oynada ham tugmalar koʻrinadi
  • Taqdimot: qora fonli slaydlarda roʻyxat belgilari endi koʻrinadi
  • Anonim foydalanish statistikasi (oʻchirib qoʻyish mumkin: «Dastur haqida» → «Maxfiylik»)

Ofisbop 1.0.7

  • Yangi chop etish oynasi: kitobcha, orqa-oldi (printer oʻzi yoki qoʻlda agʻdarish), bir varaqqa 2 yoki 4 sahifa — natijani oldindan koʻrib, bir tugmada; PDF qilib saqlash ham mumkin
  • Eski Word, Excel va PowerPoint (97–2003) fayllari ochiladi: .doc, .xls, .ppt — saqlaganda yangi formatda saqlanadi
  • PDFʼni Wordʼga aylantirish aniqroq: jadvallar, roʻyxatlar, sarlavhalar, rasmlar va sahifa yozuvlari yaxshiroq tiklanadi
  • PDF va chop etishda sahifa chetlaridagi kulrang fon, soya va imlo chiziqlari endi chiqmaydi; jadval A4 qogʻozga moslanadi
  • Yangilanishlar orqa fonda oʻzi yuklanadi, internet uzilsa davom etadi va dastur yopilganda oʻrnatiladi
  • Telefonda: chop etish ishlaydi (tizimning chop etish oynasi), "Wordʼga" tugmasi kichraytirildi
  • "Dastur haqida" oynasida ishlab chiquvchi va aloqa maʼlumotlari

Ofisbop 1.0.6

  • Bosh sahifa yangilandi: "Hujjat, jadval va taqdimot — bitta dasturda"; Word, Excel va PowerPoint fayllari bilan moslik aniq koʻrsatiladi
  • Uchinchi tomon komponentlari roʻyxati toʻldirildi (Android kutubxonalari)

Ofisbop 1.0.5

  • Word hujjatlaridagi jadvallar endi Wordʼdagidek: har bir katak chegarasi, ustun kengliklari, markazlash, qator balandligi, jadval uslublari (sarlavha qatori, rangli qatorlar)
  • Word uslublari toʻliq oʻqiladi: "Normal" va boshqa uslublardagi shrift, oʻlcham, oraliqlar, tekislash; mavzu shriftlari (Calibri va b.)
  • Tab toʻxtash nuqtalari ishlaydi (sana oʻngda, imzo chiziqlari, mundarija nuqtalari); Tab tugmasi tab qoʻshadi
  • Ketma-ket probellar, boʻsh qatorlar, kesilgan rasmlar, matn qutilari, izohlar (footnote) va raqamlash davomi toʻgʻri koʻrsatiladi
  • Excel: mavzu ranglari va eski palitra ranglari (katak foni, shrift rangi) toʻgʻri koʻrinadi
  • PowerPoint: Canva, Gamma va boshqa dasturlardan kelgan shakllar, maket va master bezaklari, markazlash, rang oʻzgartirishlari, qator oraliqlari va matn chekinishlari
  • Hammasi Word, Excel va PowerPointʼga qayta saqlanganda ham saqlanib qoladi

Ofisbop 1.0.4

  • Yangi logo: yelpigʻichdek ochilgan uch varaq — Hujjat, Jadval va Taqdimot bitta dasturda

Ofisbop 1.0.3

  • PDFʼni Wordʼga aylantirishda jadvallar endi jadval sifatida tiklanadi (qatorlar, ustunlar, boʻsh kataklar)
  • PDF matnidagi ustunlar va boʻshliqlar toʻgʻriroq aniqlanadi
  • Aylantirish natijasida nechta jadval tiklangani koʻrsatiladi

Ofisbop 1.0.2

  • PDF fayllarni ochish va koʻrish; "Wordʼga aylantirib tahrirlash" — PDF matni tahrirlanadigan hujjatga oʻtadi (sarlavhalar, roʻyxatlar, qalin/kursiv saqlanadi)
  • Telefonda boshqa ilovalarda yaratilgan Word, Excel, PowerPoint va PDF fayllar endi ochiladi (Telegram, pochta, "Yuklanmalar")
  • Telefonda fayl menejeri yoki Telegramʼdan "Ofisbop orqali ochish" va "Ulashish → Ofisbop"
  • Fayl turi nomidan emas, mazmunidan aniqlanadi — kengaytmasi notoʻgʻri yoki yoʻq fayllar ham ochiladi
  • PowerPointʼdagi baʼzi taqdimotlarda (Google Slides va boshqa dasturlarda yaratilgan) sarlavha va matnlar koʻrinmay qolishi tuzatildi
  • Boʻsh, buzilgan, parolli yoki vaqtinchalik (~$) fayllar uchun tushunarli xabarlar
  • Yangi versiya haqidagi oyna faqat bir marta chiqadi; yopilsa — bosh sahifada kichik "Yangilash tavsiya etiladi" belgisi qoladi
  • Yangi, esda qoladigan ikonka: "O" va "✓" — ofisga bop
  • Hujjatda sahifalar soni holat qatorida toʻgʻri koʻrsatiladi

Ofisbop 1.0.1

  • Telefon uchun alohida, qulay interfeys: pastda katta tugmalar (Matn, Paragraf, Qoʻshish, Lotin ↔ Кирилл...), menyular pastdan chiqadi
  • Telefonda bosh sahifa: katta "Hujjat / Jadval / Taqdimot" tugmalari, soʻnggi fayllar va "+" tugmasi
  • Birinchi ochilishda qisqa tanishtiruv va har bir muharrirda oddiy maslahatlar
  • Faylni Telegram, pochta va boshqa ilovalar orqali yuborish (telefonda)
  • Jadval telefonda: bir bosish — katak tanlanadi, yana bosish — yozish boshlanadi
  • Taqdimot telefonda: matn va shakllarni barmoq bilan surish, slaydlar miniatyurasi toʻliq koʻrinadi
  • Kompyuterda bosh sahifa: "Word, Excel va PowerPoint — bitta dasturda" va hammasi sodda tilda tushuntirildi

Ofisbop 1.0.0

  • Birinchi chiqarilish: Ofisbop Hujjat (matn muharriri), Ofisbop Jadval (elektron jadval) va Ofisbop Taqdimot (taqdimotlar)
  • Word (.docx), Excel (.xlsx) va PowerPoint (.pptx) fayllarini ochish va saqlash — Microsoft Office bilan mos
  • Taqdimotlar: 6 xil mavzu, shakllar, rasmlar, jadvallar, maʼruzachi eslatmalari va slayd namoyishi
  • Google hisobi orqali kirish
  • Toʻliq internetsiz ishlash: barcha tahrirlash imkoniyatlari kompyuterning oʻzida
  • Matn.uz orqali imloni tekshirish va lotin ↔ kirill oʻgirish (internet boʻlganda)
  • Google Driveʼga avtomatik saqlash (ixtiyoriy, Google hisobi bilan kirilganda)
  • Qoralamalarni avtomatik saqlash, versiyalar va kutilmaganda yopilganda tiklash
  • Tayyor shablonlar: ariza, rasmiy xat, oylik byudjet, hisob-faktura
  • PDF formatida saqlash va chop etish
  • Jadvalda 100 dan ortiq formula, formatlash, filtr va saralash
  • Yangi versiyalar haqida xabar berish va bir bosishda yangilash

Yangi versiyalar Telegram kanalda ham eʼlon qilinadi: t.me/ofisbop. Dastur oʻzi ham yangilanish chiqqanini xabar qiladi.

Soʻnggi versiyani yuklab olish