Ofisbopʼni yuklab olish

Bepul, roʻyxatdan oʻtishsiz. Hujjat, jadval va taqdimot dasturi Windows 10, 11, macOS va Linux uchun.

Ofisbop 1.0.26 — Windows uchun

Versiya
1.0.26
Sana
2026-11-09
Fayl
Ofisbop-Setup-1.0.26.exe
Hajmi
taxminan 110 MB
Tizim
Windows 10 / 11, 64-bit
Narxi
Bepul

Yoki portativ versiya — oʻrnatmasdan ishlaydi, fleshkada olib yurish mumkin.

Microsoft Storeʼdan olingOfisbop Microsoft Storeʼda ham bor — u yerdan oʻrnatsangiz, yangilanishlarni Store oʻzi oʻrnatadi.

Tizim talablari

  • Windows 10 yoki Windows 11, 64-bit
  • Diskda taxminan 350 MB boʻsh joy
  • Internet shart emas (faqat Google Drive zaxirasi va yangilanishlar uchun kerak — imlo tekshiruvi ham internetsiz ishlaydi)
  • Administrator huquqi talab qilinmaydi

Android versiyasi tayyor — Google Playʼda chiqqanda Telegram kanalda eʼlon qilinadi.

Ofisbopʼni oʻzingizning qurilmangizga oʻrnating

Bitta dastur — hujjat, jadval, taqdimot va PDF. Hammasi bepul, roʻyxatdan oʻtish shart emas.

Windows 10 / 11

Oʻrnatuvchi yoki portativ versiya, 64-bit.

Windows uchun yuklab olish

Microsoft Store

Store orqali oʻrnatilsa, yangilanishlar avtomatik keladi.

Microsoft Storeʼda ochish

macOS

Apple Silicon (M1–M4) va Intel, macOS 12 va yangiroq.

macOS uchun yuklab olish

Android

Telefon va planshet uchun APK fayl. Google Playʼdagi sahifa tez orada ochiladi — Telegram kanalda eʼlon qilamiz.

Android (APK) yuklab olish

Linux

Linux versiyasi tayyorlanmoqda. Chiqqanda shu yerda havola paydo boʻladi.

Brauzerda

Hujjat namunalarini oʻrnatmasdan ham ochib koʻrish mumkin — namunalar sahifasida «Ofisbopʼda ochish» tugmasini bosing.

Ofisbop — macOS uchun

Hujjat, Jadval, Taqdimot va PDF — Windows versiyasidagi barcha imkoniyatlar Mac kompyuterda ham. Klaviatura qisqartmalari Mac tartibida: ⌘S, ⌘C, ⌘V, ⌘Z.

Fayl
.dmg (disk tasviri)
Hajmi
taxminan 130 MB
Tizim
macOS 12 (Monterey) yoki yangiroq
Narxi
Bepul

Qaysi biri kerak? Ekranning chap yuqori burchagidagi Apple menyusi → «Bu Mac haqida» (About This Mac): «Chip: Apple M…» yozilgan boʻlsa — Apple Silicon, «Protsessor: Intel» boʻlsa — Intel.

Macʼga oʻrnatish

  1. Yuklab olingan .dmg faylini oching va Ofisbop belgisini «Applications» («Программы») papkasiga torting.
  2. Ofisbopʼni birinchi marta oching. Dastur hozircha Apple notarizatsiyasidan oʻtmagan, shuning uchun macOS «Ofisbop ochilmadi» deb ogohlantiradi — «Done» («Готово») ni bosing.
  3. Ruxsat bering: «System Settings» («Системные настройки») → «Privacy & Security» («Конфиденциальность и безопасность») → pastdagi Ofisbop yozuvi yonida «Open Anyway» («Всё равно открыть») → parolingizni kiriting.
  4. macOS 12–14 da osonroq: Finderʼda Ofisbop belgisini Control tugmasini bosib turib bosing (yoki sichqonchaning oʻng tugmasi) → «Open» («Открыть») → yana «Open».
  5. Tayyor! Bu faqat birinchi marta kerak. .docx, .xlsx, .pptx va .pdf fayllarni «Open With» («Открыть в программе») → Ofisbop orqali ochish mumkin.

Yangilash: Ofisbop yangi versiya chiqqanini oʻzi xabar qiladi; «Yangilash» bosilganda yangi .dmg yuklab olinib (SHA-512 tekshiriladi) ochiladi — Ofisbopʼni «Applications» ga qayta torting va «Replace» («Заменить») ni bosing. Hujjatlaringiz saqlanib qoladi.

Ofisbop — Linux uchun

Windows va Mac versiyasidagi barcha imkoniyatlar: Hujjat, Jadval, Taqdimot va PDF. Ubuntu, Debian, Linux Mint va boshqa 64-bit tarqatmalar uchun.

Fayl
.AppImage (oʻrnatmasdan) yoki .deb (Ubuntu/Debian)
Hajmi
taxminan 120 MB
Tizim
64-bit (x86_64) Linux: Ubuntu 22.04+, Debian 12+, Linux Mint 21+
Narxi
Bepul

Linuxʼga oʻrnatish

  1. .deb: faylni ikki marta bosing (Ubuntu «App Center» ochiladi) yoki terminalda: sudo apt install ./ofisbop_*_amd64.deb. Ofisbop menyuda paydo boʻladi.
  2. AppImage: fayl xususiyatlarida «Dastur sifatida ishga tushirishga ruxsat» belgisini qoʻying (yoki chmod +x Ofisbop-*.AppImage) va ikki marta bosing. Eski tizimlarda libfuse2 paketi kerak boʻlishi mumkin.
  3. Tayyor! .docx, .xlsx, .pptx va .pdf fayllarni «Boshqa dastur bilan ochish» → Ofisbop orqali ochish mumkin.

Yangilash: Ofisbop yangi versiya chiqqanini oʻzi xabar qiladi va shu sahifani ochadi — yangi .deb ni oʻrnating yoki AppImage faylini yangisiga almashtiring. Hujjatlaringiz va sozlamalaringiz saqlanib qoladi.

Qanday oʻrnatiladi

  1. Yuklab oling. Yuqoridagi tugmani bosing — Ofisbop-Setup-1.0.26.exe fayli "Yuklanmalar" (Downloads) papkasiga tushadi.
  2. Faylni ishga tushiring. Brauzer "bu fayl kam yuklab olinadi" deb ogohlantirsa, "Saqlash" (Keep) ni tanlang.
  3. SmartScreen oynasi chiqsa. "Windows kompyuteringizni himoya qildi" (Windows protected your PC) oynasida "Qoʻshimcha maʼlumot" (More info) → "Baribir ishga tushirish" (Run anyway) ni bosing. Bu yangi dasturlar uchun odatiy ogohlantirish.
  4. Litsenziya shartnomasini oʻqing va oʻrnatish papkasini tanlang, soʻng "Oʻrnatish" tugmasini bosing.
  5. Tayyor! Ish stolida Ofisbop yorligʻi paydo boʻladi. .docx, .xlsx, .pptx va .csv (shuningdek eski .doc, .xls, .ppt) fayllari endi ikki marta bosilganda Ofisbopʼda ochiladi.

Faylning haqiqiyligini tekshirish

Dasturni faqat ofisbop.uz saytidan yuklab oling. Fayl oʻzgartirilmaganiga ishonch hosil qilish uchun uning SHA-512 xeshini tekshiring. PowerShellʼda:

Get-FileHash .\Ofisbop-Setup-1.0.26.exe -Algorithm SHA512

Chiqqan qiymat quyidagi bilan bir xil boʻlishi kerak.

Shu versiyada

  • Ofisbop Hujjat, Ofisbop Jadval va Ofisbop Taqdimot — bitta dasturda
  • Word (.docx), Excel (.xlsx) va PowerPoint (.pptx) fayllarini ochish va saqlash
  • PDF fayllarni ochish va tahrirlanadigan hujjatga aylantirish
  • Jadvallar, uslublar, tab va chegaralar hujjatdagidek koʻrsatiladi
  • Toʻliq internetsiz ishlash: barcha tahrirlash imkoniyatlari kompyuterning oʻzida
  • Internetsiz imlo tekshiruvi (oʻz lugʻatimiz) va lotin ↔ kirill oʻgirish
  • Google Driveʼga avtomatik saqlash (ixtiyoriy, Google hisobi bilan kirilganda)
  • Qoralamalarni avtomatik saqlash va kutilmaganda yopilganda tiklash
  • Yangi versiyalar haqida xabar berish va bir bosishda yangilash

Barcha oʻzgarishlar tarixi

Yangilash va oʻchirish

Yangilash

Ofisbop yangi versiya chiqqanini oʻzi tekshiradi va bir bosishda yangilanadi. Yangi oʻrnatuvchini shu sahifadan yuklab, ustidan oʻrnatsangiz ham boʻladi — hujjatlaringiz saqlanib qoladi.

Oʻchirish

Windows "Sozlamalar → Ilovalar" boʻlimidan Ofisbopʼni tanlab "Oʻchirish" ni bosing. Siz yaratgan hujjatlar va Google Driveʼdagi nusxalar oʻchirilmaydi.