Ofisbop bepulmi?
Ha. Ofisbopʼni uyda ham, ishda ham bepul ishlatasiz. Dasturda reklama yoʻq, roʻyxatdan oʻtish ham shart emas.
Qaysi qurilmalarda ishlaydi?
Windows 10 va 11, macOS 12 va yangiroq (Apple Silicon va Intel), Linux (Ubuntu, Debian, Mint va boshqa 64-bit tarqatmalar), Android 7 va yangiroq telefon va planshetlar (Google Play). Oʻrnatmasdan ishlatish uchun brauzer versiyasi bor: ofisbop.uz/app/.
Ofisbop internetsiz ishlaydimi?
Ha. Hujjat, jadval va taqdimot yaratish va tahrirlash, formulalar, imlo tekshiruvi, lotin ↔ kirill oʻgirish, PDF va chop etish internetsiz ishlaydi. Internet faqat Google Drive zaxirasi, havola orqali ulashish va yangilanishlar uchun kerak.
Word va Excel fayllarini ocha oladimi?
Ha. Ofisbop .docx (Word), .xlsx (Excel), .pptx (PowerPoint) va .csv fayllarini ochadi va shu formatlarda saqlaydi, shuning uchun Microsoft Office ishlatadigan hamkasblaringiz ham ularni bemalol ochadi. PDFʼni koʻrsatadi va Word hujjatiga aylantiradi. Eski .doc, .xls va .ppt fayllari ham ochiladi va yangi formatda saqlanadi.
Roʻyxatdan oʻtish yoki hisob ochish kerakmi?
Yoʻq. Dasturni oʻrnating va ishlay boshlang: telefon raqami ham, pochta ham soʻralmaydi. Google hisobi bilan faqat hujjatlarni Google Driveʼga zaxiralamoqchi boʻlsangiz kirasiz.
Lotin va kirill yozuvida ishlasa boʻladimi?
Ha. Hujjat yoki jadvalni bir bosishda lotindan kirillga yoki kirilldan lotinga oʻgirasiz, formatlash buzilmaydi. Internet boʻlsa Matn.uz xizmati, boʻlmasa dasturning oʻz algoritmi ishlaydi.
Imlo tekshiruvi qanday ishlaydi?
Matn dasturning oʻz lugʻati bilan internetsiz tekshiriladi: xato soʻz tagiga qizil toʻlqinli chiziq tortiladi, soʻz ustiga bossangiz toʻgʻri variantlar chiqadi. Kerakli soʻzlarni shaxsiy lugʻatga qoʻshasiz.
Kompyuterim eski yoki kuchsiz boʻlsa-chi?
Xotirasi 4 GB va undan kam kompyuterda Ofisbop oʻzi yengil rejimga oʻtadi. Windows 7 va 8 da kompyuter dasturi oʻrnatilmaydi: Chrome yoki Edge 109 da brauzer versiyasini oching va «Oʻrnatish» belgisini bosing, keyin u internetsiz ham ishlaydi. 32-bit Windows boʻlsa, sayt sizga mos yoʻlni oʻzi koʻrsatadi.
Ofisbop xavfsizmi? Hujjatlarim qayerda saqlanadi?
Hujjatlaringiz kompyuteringiz yoki telefoningizda saqlanadi. Google hisobi bilan kirsangiz, nusxasi faqat oʻz Google Driveʼingizga tushadi. Havola orqali ulashgan faylingiz serverda havola muddati tugaguncha turadi va keyin oʻchiriladi. Ofisbop reklama koʻrsatmaydi va maʼlumot sotmaydi; faqat anonim foydalanish statistikasi yuboriladi, uni sozlamada oʻchirsa boʻladi. Batafsil: maxfiylik siyosati.
Oʻrnatishda «Windows kompyuteringizni himoya qildi» oynasi chiqsa-chi?
Bu Windows SmartScreen ogohlantirishi, yangi dasturlarda odatiy holat. «Batafsil» (More info), keyin «Baribir ishga tushirish» (Run anyway) tugmasini bosing. Dasturni faqat ofisbop.uz saytidan, Microsoft Store yoki Google Playʼdan oling.
Dastur qanday yangilanadi?
Ofisbop yangi versiya chiqqanini oʻzi tekshiradi va xabar beradi, yangilash bir bosishda boʻladi. Yangi versiyani shu saytdan qoʻlda oʻrnatsangiz ham fayllaringiz saqlanib qoladi.
“Ofisbop” nomi nimani anglatadi?
«Ofis» va «bop» soʻzlaridan: ofisga bop, yaʼni ofis ishiga mos. Baʼzan «ofishop» yoki «ofis bop» deb xato yoziladi. Toʻgʻri yozilishi Ofisbop, rasmiy sayt ofisbop.uz.