Narxnoma (prays-list) — Excel shablon

Mijozlarga yuboriladigan narxlar roʻyxati: chegirmani bitta katakda oʻzgartirsangiz, yangi narx darhol chiqadi.

Yangilangan:

Fayl: .xlsx, formulalar bilan. Ofisbop Jadval, Microsoft Excel, LibreOffice Calc va Google Sheetsʼda ochiladi. Kirill yozuvidagi fayl. «Ofisbopʼda ochish va tahrirlash» — namuna brauzerda tahrirlashga tayyor holda ochiladi, hech narsa oʻrnatish shart emas. Bir marta ochilgach, internetsiz ham ishlaydi.

Narxnoma: namunaning birinchi sahifasi

Narxnoma (prays-list) — tashkilot sotadigan mahsulot yoki xizmatlarning narxlar roʻyxati. U mijozlarga, dilerlarga yoki sotuvchilarga beriladi, shartnomaga ilova qilinadi va narx oʻzgarganda yangilanadi.

Shablonda har bir mahsulot uchun kod, nom, oʻlchov birligi, asosiy narx va chegirma foizi bor. «Chegirmadagi narx» ustuni narxdan chegirmani ayirib, soʻmgacha yaxlitlab chiqaradi. Chegirma boʻlmasa, katakni boʻsh qoldirasiz va narx oʻzgarmaydi.

Narxnomada amal qilish sanasini va narxlar QQS bilan yoki QQSsiz ekanini albatta koʻrsating: mijoz eski roʻyxat boʻyicha buyurtma bersa, nizo koʻpincha shundan chiqadi.

Namuna koʻrinishi

Narxnoma
«__________» MChJ · Narxlar «___» ________ 20__ y. dan amal qiladi · Narxlar soʻmda, QQS ________ (bilan / -siz).
KodMahsulot (xizmat) nomiBirlikNarxChegirmaChegirmadagi narx
A-001Qogʻoz A4 (500 varaq)pachka45 0000%45 000
A-002Sharikli ruchkadona2 50010%2 250
A-003Papka-skorosshivateldona9 0005%8 550
A-004Printer kartrijidona320 0000%320 000
A-005Steplerdona35 0000%35 000
«Chegirma» ustuniga foizni yozing (masalan, 5%). Chegirma boʻlmasa, katakni boʻsh qoldiring yoki 0 yozing.
Rahbar: ______________M.Oʻ.

Birinchi varaq koʻrinishi (formulalar natijasi bilan).

Qanday toʻldiriladi

  1. Tashkilot va sana. 2-qatorda tashkilot nomini va narxlar amal qila boshlaydigan sanani yozing.
  2. Mahsulotlarni kiriting. Kod, nom, birlik va asosiy narxni yozing; namuna qatorlarini almashtiring.
  3. Chegirmani belgilang. «Chegirma» ustuniga foizni yozing (masalan, 5%) — chegirmadagi narx oʻzi hisoblanadi.
  4. QQSni koʻrsating. Narxlar QQS bilan yoki QQSsiz ekanini 2-qatorda aniq yozing.
  5. Guruhlang. Mahsulotlar koʻp boʻlsa, ularni turkumlarga ajratib, oraliq sarlavha qatorlarini qoʻshing.
  6. Yangilab turing. Narx oʻzgarganda yangi sana bilan nusxa saqlang, eskisini arxivda qoldiring.

Koʻp uchraydigan xatolar

Savol-javoblar

Ulgurji va chakana narxni bitta jadvalda bersa boʻladimi?

Ha. «Narx» ustunidan keyin «Ulgurji narx» ustunini qoʻshing yoki ulgurji mijozlar uchun «Chegirma» ustuniga tegishli foizni yozing.

Narxnomani PDF qilib yuborsa boʻladimi?

Ha. Faylni Ofisbop Jadval yoki Excelʼda ochib, PDF sifatida saqlang yoki chop eting. Mijoz oʻzgartirmasligi kerak boʻlsa, PDF qulayroq.

Valyutadagi narxni qanday koʻrsatish mumkin?

Alohida ustunga valyutadagi narxni, bitta katakka kursni yozing va soʻmdagi narxni koʻpaytirish formulasi bilan hisoblang.

Batafsil qoʻllanma: Excel (.xlsx) jadvalini ochish

Boshqa namunalar

Excel jadval shablonlari →