
Ofisbop Taqdimot — slaydlar tayyorlash va ularni ekranda koʻrsatish uchun dastur. PowerPoint fayllari (.pptx va eski .ppt) ochiladi, tahrirlanadi va .pptx qilib saqlanadi. Shu faylni boshqa kompyuterdagi PowerPoint yoki boshqa taqdimot dasturi ham ochadi.
Nimalar qilsa boʻladi
- Tayyor slayd maketlari: sarlavha, ikki ustun, rasm va matn
- Mavzular (rang va shrift toʻplamlari) bir bosishda
- Matn, rasm, shakl va jadvallar; slayd eslatmalari
- Butun ekranda namoyish; kompyuter versiyasida ikkinchi ekranga (proyektorga) chiqarish
- Slayddagi matn, jadval va eslatmalarni lotin ↔ kirill yoki yangi alifboga oʻgirish
- Taqdimotni PDF qilib saqlash va chop etish (varaqqa bir necha slayd)
Qaysi fayllar ochiladi
| Format | Izoh |
|---|---|
| .pptx, .pptm | Asosiy format: ochish va saqlash |
| .ppt | Eski PowerPoint fayllari ochiladi |
| .potx, .potm, .pot | Andozadan yangi taqdimot yaratiladi |
| .ppsx, .pps | Namoyish fayli darhol namoyish rejimida ochiladi |
| .odp | OpenDocument taqdimotlari |
PowerPoint faylida Ofisbop saqlay olmaydigan qismlar boʻlsa (masalan, SmartArt yoki izohlar), dastur fayl ustidan yozishdan oldin soʻraydi, shuning uchun asl fayl tasodifan buzilmaydi.
Yaxshi taqdimot uchun
Bitta slaydda bitta fikr, katta shrift va kam matn. Tinglovchi oʻqishga emas, sizni eshitishga ulgursin. Slaydlar tartibi, matn hajmi va boshqa kompyuterda koʻrsatishdan oldin nimani tekshirish kerakligi haqida: taqdimot tayyorlash qoʻllanmasi.
Onlayn yoki kompyuterda
Taqdimotni brauzerda, oʻrnatmasdan yaratish mumkin: ofisbop.uz/app. Fayl internetga yuklanmaydi. Kompyuter versiyasida namoyishni ikkinchi ekranga chiqarish va chop etish markazi bor; brauzerda namoyish oddiy toʻliq ekranda boʻladi.
Tayyor taqdimotlar
Taqdimot namunalari: bitiruv ishi himoyasi, dars, loyiha, hisobot va biznes-reja. Slaydlar tartibi tayyor, faqat matningizni yozasiz.
Koʻp beriladigan savollar
PowerPoint (.pptx) fayllarini ochadimi?
Ha. .pptx va .ppt fayllari ochiladi, tahrirlanadi va .pptx qilib saqlanadi.
Telefonda taqdimot qilsa boʻladimi?
Ha. Android ilovasida slaydlarni barmoq bilan surib almashtirasiz, tahrirlash ham mumkin.
Onlayn, oʻrnatmasdan ishlaydimi?
Ha, ofisbop.uz/app sahifasida. Hisob ochish shart emas.
Bu Microsoft PowerPointʼmi?
Yoʻq. Ofisbop Microsoft bilan bogʻliq emas. U PowerPoint formatidagi fayllarni ochadi va saqlaydi.