Ofisbop Hujjat: Word fayllari bilan oʻzbekcha ishlash

Ariza, rasmiy xat, shartnoma va referatni yozing, Word fayllarini oching va saqlang. Interfeys oʻzbekcha, imlo tekshiruvi va lotin ↔ kirill oʻgirish ichida bor.

Ofisbop Hujjat oynasi: oʻzbekcha lenta menyusi va A4 sahifadagi ariza matni

Ofisbop Hujjat — matn muharriri. Unda Word fayllari (.docx va eski .doc) ochiladi, tahrirlanadi va yana Word formatida saqlanadi, shuning uchun faylni olgan odam uni Microsoft Wordʼda ham, boshqa dasturda ham ocha oladi. Menyu va tugmalar oʻzbek tilida (xohlasangiz rus yoki ingliz tilida), imlo tekshiruvi oʻzbekcha lugʻat bilan ishlaydi.

Nimalar qilsa boʻladi

Qaysi fayllar ochiladi

Ofisbop Hujjat ochadigan va saqlaydigan formatlar
FormatOchishSaqlash
.docx, .docmHaHa
.doc (Word 97–2003)Ha.docx qilib
.dotx, .dotm, .dot (andozalar)Ha, andozadan yangi fayl yaratiladi«Andoza sifatida saqlash»
.rtf, .odtHaHa
PDFOfisbop PDF ochadiHujjatni PDF qilib saqlash

Eski Word 6/95 fayllaridan faqat matn olinadi. Batafsil: eski .doc va .xls fayllarni ochish.

Onlayn yoki kompyuterda

Hujjatni oʻrnatmasdan, shu saytning oʻzida yaratish mumkin: ofisbop.uz/app sahifasini oching yoki yuqoridagi «Brauzerda yangi hujjat» tugmasini bosing. Roʻyxatdan oʻtish kerak emas, fayl bizning serverga yuborilmaydi: u brauzeringiz ichida ochiladi va kompyuteringizga saqlanadi. Chrome va Edge brauzerlarida Saqlash oʻsha faylning ustiga yozadi, boshqa brauzerlarda fayl yuklab olinadi.

Kompyuterga oʻrnatilgan dastur (Windows, macOS, Linux) va Android ilovasida koʻproq imkoniyat bor: kitobcha qilib chop etish markazi, Google Driveʼga zaxira va internetsiz toʻliq ishlash. Brauzer versiyasini ham «Oʻrnatish» belgisi bilan qoʻshsangiz, u internetsiz ochiladi.

Tayyor namunadan boshlang

Boʻsh sahifadan emas, tayyor shakldan boshlash tezroq. Hujjat namunalari boʻlimida ariza, tushuntirish xati, obyektivka, ishonchnoma, shartnoma va titul varaqlari bor. Har birini .docx qilib yuklab olasiz yoki darhol brauzerda ochib toʻldirasiz.

Koʻp beriladigan savollar

Ofisbop Hujjat Word fayllarini ochadimi?

Ha. .docx va .doc fayllari ochiladi, tahrirlanadi va .docx qilib saqlanadi. Bunday faylni Microsoft Word va boshqa dasturlar ham ochadi.

Onlayn, oʻrnatmasdan ishlatsa boʻladimi?

Ha. ofisbop.uz/app sahifasida hujjat yaratish, Word faylini ochish va saqlash mumkin. Hisob ochish shart emas.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Android 7 va yangiroq telefon va planshetlar uchun ilova Google Playʼda bor. iPhone va iPadʼda brauzer versiyasidan foydalaning.

Pullikmi?

Yoʻq. Ofisbop bepul, dasturda reklama yoʻq.

Bu Microsoft Wordʼmi?

Yoʻq. Ofisbop — «VIJDON» MChJning oʻz dasturi, Microsoft bilan bogʻliq emas. U Word formatidagi fayllar bilan ishlay oladi, xolos.

Foydali sahifalar