Ofisbop Jadval: Excel fayllari va formulalar oʻzbekcha

Byudjet, ish vaqti tabeli, hisob-faktura va hisobotlar uchun elektron jadval. Excel fayllarini ochadi va saqlaydi, har bir formula oʻzbek tilida tushuntirilgan.

Ofisbop Jadval oynasi: formulalar qatori, diagramma va oylik byudjet jadvali

Ofisbop Jadval — elektron jadval dasturi. Unda Excel fayllari ochiladi, hisob-kitob qilinadi va natija yana .xlsx formatida saqlanadi. Formulalar Excelʼdagi nomlar bilan yoziladi (SUM, IF, VLOOKUP), shuning uchun boshqa dasturda tuzilgan jadval ham toʻgʻri hisoblanadi.

Nimalar qilsa boʻladi

Qaysi fayllar ochiladi

Ofisbop Jadval ochadigan va saqlaydigan formatlar
FormatIzoh
.xlsx, .xlsmAsosiy format: ochish va saqlash
.xls, .xlsbEski va ikkilik Excel fayllari ochiladi
.xltx, .xltm, .xltAndozadan yangi jadval yaratiladi
.csvMatn kodlashi (UTF-8, UTF-16, Windows-1252 va boshqalar) avtomatik aniqlanadi
.ods, DBFOpenDocument jadvallari, bank va 1C eksportlari

Formulalar oʻzbekcha tushuntirilgan

Excelʼda ishlashni yangi oʻrganayotgan odamga eng qiyini — qaysi funksiya nima qilishini eslab qolish. Ofisbopʼda katakka = va funksiya nomini yozsangiz, uning nima qilishi, qaysi argumentlar kerakligi va kichik misol oʻzbek tilida chiqadi. F1 bosilsa, qisqa tugmalar roʻyxati ochiladi. Bu tugmalar kirill klaviaturasida ham ishlaydi.

Oddiy jadval tuzish, saralash va eng koʻp ishlatiladigan formulalar haqida: Excel jadvalini ochish va jadval tuzish.

Onlayn yoki kompyuterda

Jadvalni brauzerda oʻrnatmasdan ochsa boʻladi: ofisbop.uz/app. Fayl internetga yuklanmaydi, hisob-kitob kompyuteringizning oʻzida bajariladi. Katta jadvallar bilan koʻp ishlasangiz, kompyuter versiyasi qulayroq: u tezroq va Google Driveʼga zaxira qila oladi.

Tayyor jadvallar

Jadval namunalari: ish vaqti tabeli, oylik byudjet, ombor hisobi, hisob-faktura va dars jadvali. Formulalari tayyor, faqat oʻz maʼlumotingizni yozasiz.

Koʻp beriladigan savollar

Excel fayllari formulalari bilan ochiladimi?

Ha. .xlsx, .xls va .csv fayllari ochiladi, formulalar qayta hisoblanadi. Saqlangan .xlsx faylni Microsoft Excel ham ochadi.

Makrosli (.xlsm) fayl ishlaydimi?

Fayl ochiladi va saqlanadi, lekin VBA makroslari Ofisbopʼda bajarilmaydi.

Brauzerda ishlatsa boʻladimi?

Ha, ofisbop.uz/app sahifasida. Hisob ochish shart emas, fayl serverga yuborilmaydi.

Bu Microsoft Excelʼmi?

Yoʻq. Ofisbop Microsoft bilan bogʻliq emas. U Excel formatidagi fayllarni ochadi va saqlaydi.

Foydali sahifalar