Yangi oʻzbek alifbosi: matnni Ö, Ğ, Ş, Ç harflariga oʻgirish

Qisqa matnni shu sahifaning oʻzida oʻgiring. Butun hujjat, jadval yoki taqdimot kerak boʻlsa, Ofisbopʼdagi «Lotin → Yangi» tugmasi formatlashni buzmasdan oʻgiradi.

Yangi alifboda nima oʻzgaradi

Yangi oʻzbek lotin alifbosida ikki belgili harflar va apostrofli harflar oʻrniga bitta harf ishlatiladi. Qolgan harflar amaldagi lotin alifbosidagidek qoladi.

Amaldagi va yangi oʻzbek lotin alifbosi farqi
Amaldagi lotinYangi alifboMisol
Oʻ oʻÖ öoʻqituvchi → öqituvchi
Gʻ gʻĞ ğbogʻ → boğ
Sh shŞ şshahar → şahar
Ch chÇ çchoy → çoy

Oʻzgarmaydiganlari: ng (tong), tutuq belgisi ʼ (maʼlumot) va soʻz ichida tutuq bilan ajralgan sʼh (Isʼhoq soʻzida s va h alohida qoladi, ş ga aylanmaydi). Bosh harflar ham toʻgʻri chiqadi: SHAHAR → ŞAHAR, Choy → Çoy.

Rasmiy hujjatlarda qaysi alifbo talab qilinishini va oʻtish muddatlarini rasmiy manbalardan (masalan, lex.uz) va idorangizdan aniqlang. Ofisbop ikkala yoʻnalishda ham oʻgiradi, shuning uchun hujjatni istalgan payt amaldagi alifboga qaytarasiz.

Butun faylni oʻgirish

Hujjatdagi matnni nusxalab, bu yerga qoʻyib, keyin qaytarib qoʻysangiz, qalin yozuv, jadval va sarlavhalar buziladi. Ofisbopʼda fayl ichida oʻgirish mumkin:

  1. Faylni oching. Word (.docx), Excel (.xlsx) yoki PowerPoint (.pptx) faylni Ofisbopʼda yoki brauzer versiyasida oching.
  2. Kerakli qismni belgilang (ixtiyoriy). Hech narsa belgilanmasa, butun hujjat, varaq yoki taqdimot oʻgiriladi.
  3. Lotin ↔ Кирилл yorligʻini oching. Oʻgirish guruhida Lotin → Yangi tugmasini bosing. Qaytarish uchun — Yangi → Lotin.
  4. Saqlang. Formatlash joyida qoladi, jadvaldagi formulalar oʻzgarmaydi.

Kirilldagi hujjatni ham toʻgʻridan-toʻgʻri yangi alifboga oʻgirsa boʻladi: oraliq lotin bosqichi shart emas. Oʻgirish internetsiz ishlaydi: Hujjat, Jadval va Taqdimotda, kompyuterda, telefonda va brauzerda. Imlo tekshiruvi ham yangi alifbodagi soʻzlarni taniydi.

Ö, Ğ, Ş, Ç harflarini qanday yozish kerak

Klaviaturada bu harflar odatda yoʻq. Eng oson yoʻli — matnni odatdagidek amaldagi lotinda yozib, oxirida bir bosishda yangi alifboga oʻgirish. Shunda imlo tekshiruvi ham yozish paytida ishlaydi.

Koʻp beriladigan savollar

Yangi alifbodagi matnni eski lotinga qaytarsa boʻladimi?

Ha. «Yangi → Lotin» tugmasi Ö, Ğ, Ş, Ç ni yana oʻ, gʻ, sh, ch ga aylantiradi.

Kirill matnni yangi alifboga oʻgirsa boʻladimi?

Ha. Ofisbop kirill matnni toʻgʻridan-toʻgʻri yangi alifboga oʻgiradi. Bu sahifadagi oʻgiruvchida ham «Lotin → Yangi» tugmasi kirill matnni qabul qiladi.

Internet kerakmi?

Yoʻq. Yangi alifboga oʻgirish butunlay internetsiz ishlaydi, matn hech qayerga yuborilmaydi.

Word yoki Excel faylidagi formatlash buziladimi?

Yoʻq. Ofisbopʼda fayl ichida oʻgirilganda shrift, rang, jadval va formulalar oʻz joyida qoladi.

Pullikmi?

Yoʻq. Bu sahifadagi oʻgiruvchi ham, Ofisbop dasturi ham bepul.

Foydali sahifalar