PDF fayllarni birlashtirish, boʻlish va siqish

Skanerlangan sahifalarni bitta faylga yigʻish, keraksiz sahifani olib tashlash yoki pochtaga sigʻmaydigan katta PDF ni kichraytirish — bularning hammasini internetsiz qilish mumkin.

Yangilangan:

Onlayn PDF xizmatlari fayllarni oʻz serveriga yuklashni talab qiladi. Pasport nusxasi, shartnoma yoki buxgalteriya hujjatlari uchun bu xavfli boʻlishi mumkin. Ofisbop barcha amallarni kompyuterning (yoki telefonning) oʻzida bajaradi.

Bir nechta PDF ni birlashtirish

  1. Fayllarni tanlang. Bosh oynadagi PDF qatorida Birlashtirish ni bosing va bir nechta PDF ni birdan tanlang (Ctrl bilan).
  2. Tartibni tekshiring. Sahifalarni boshqarish oynasi ochiladi: sahifalarni sudrab joyini oʻzgartiring, keraksizini oʻchiring, burilgan sahifani Chapga / Oʻngga bilan toʻgʻrilang.
  3. Qoʻllang va saqlang. Qoʻllash, keyin Saqlash — yangi PDF ni qayerga yozishni tanlaysiz.

Ochiq PDF ga boshqa faylni qoʻshish uchun Sahifalar boʻlimidagi PDF qoʻshish ni bosing yoki faylni oynaga sudrab tashlang — qayerga (boshiga, joriy sahifadan keyin, oxiriga) qoʻyishni soʻraydi.

Sahifalarni tartiblash, burish va oʻchirish

PDF ni boʻlish va sahifalarni ajratib olish

Boʻlish: har N sahifadan bitta fayl, har bir sahifa alohida fayl yoki oʻzingiz yozgan oraliqlar (masalan, 1-3, 4-10) boʻyicha. Fayllar siz tanlagan papkaga yoziladi. Faqat bir nechta sahifa kerak boʻlsa — Ajratib olish.

PDF hajmini kichraytirish

Aylantirish → Siqish uch darajani taklif qiladi:

Natija oynasida hajm qanchaga kamaygani koʻrsatiladi — uni shu hujjatga qoʻllash yoki alohida fayl qilib saqlash mumkin.

Rasm ↔ PDF

Rasmlardan PDF — telefonda olingan hujjat suratlarini bitta PDF ga yigʻadi (A4 varaqqa yoki rasm oʻlchamida). Rasmga (JPG, PNG) — tanlangan sahifalarni rasm qilib saqlaydi (96, 150 yoki 300 dpi); bir nechta sahifa bitta ZIP faylga joylanadi.

Koʻp beriladigan savollar

Birlashtirganda mundarija va formalar saqlanadimi?

Joriy hujjatning mundarijasi, havolalari va forma maydonlari saqlanadi. Qoʻshilgan fayllarning forma maydonlari ham ishlaydi.

Fayl hajmi yoki sahifalar soni cheklanganmi?

Yoʻq, cheklov faqat kompyuteringiz xotirasiga bogʻliq. Yuzlab sahifali kitoblar ham ochiladi — ekranda faqat koʻrinayotgan sahifalar chiziladi.

Boshqa qoʻllanmalar